Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ertaga yana qor yog‘adimi? Bir haftalik ob-havo

Ertaga yana qor yog‘adimi? Bir haftalik ob-havo

Foto: Xabar.uz

Bugun 6 yanvar kuni Volgabo‘yi hududidan kirgan sovuq va nam havo oqimi sababli O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.

7 yanvar kuni faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida nobarqaror ob-havo saqlanib turadi, bu joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Havo harorati kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.

8-9 yanvar kunlari ob-havoning yog‘ingarchiliksiz, kambulutli bo‘lishi kutilmoqda. Antitsiklon chegarasi ta’siri natijasida harorat kechasi manfiy ko‘rsatkichlargacha pasayib 3-5 daraja sovuqni tashkil qiladi.

Kunduzi quyosh havoni ilitib, 9 yanvarga kelib havo harorati 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

10 yanvarda sovuq havo oqimi O‘zbekiston hududidan chekinadi. Tungi harorat 0-2 daraja sovuqqacha ko‘tariladi, kunduzi 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring