Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yer usti metrosini sentyabrda foydalanishga topshirish vazifasi qo‘yildi

Yer usti metrosini sentyabrda foydalanishga topshirish vazifasi qo‘yildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yangi ekoparkda Sergeli tumani mutasaddilari, aholi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

– Bugun bu yerga kelishimdan maqsad – koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan hozirgi murakkab vaziyatda xalqimizni nimalar o‘ylantirayotgani, odamlar hayotini yaxshilash uchun yana nimalar qilish kerakligini birgalikda fikrlashib olish, – dedi davlatimiz rahbari.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sergeli tumani uchun shakllantirilgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Jumladan, joriy yilda umumiy qiymati 1,8 trillion so‘mlik 61 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 5 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 22 ta loyiha bo‘yicha 83 million dollar miqdorida horijiy sarmoyalar o‘zlashtiriladi.

Misol uchun, Toshkent quvur zavodida joriy yilda xitoylik hamkorlar bilan birga 85 million dollar investitsiya evaziga yiliga 500 ming tonna metall list ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi.

Chirchiq daryosining Bektemir va Sergeli tumanlaridan oqib o‘tuvchi 16 kilometrlik qismidagi o‘zanlarni 65-80 metrgacha qisqartirish orqali qo‘shimcha 565 gektar bo‘sh yer zaxirasi paydo bo‘ladi. Bu yerda yangi investitsiya loyihalarini joylashtirish orqali qo‘shimcha 160 ming yangi ish o‘rni yaratish mumkin. Mutasaddilarga bu masalani atroflicha hisob-kitob qilib, ularni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari kichik biznesni rivojlantirish, aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali bandlikni oshirish, kambag‘allikni qisqartirish zarurligini ta’kidladi.

Transport va kommunal xo‘jalik infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan qiymati 83 million dollar bo‘lgan, 7 kilometr uzunlikdagi Sergeli yer usti metrosi qurilmoqda. Uni joriy yil sentyabr oyida foydalanishga topshirish vazifasi qo‘yildi.

Oqova suv va isitish tarmoqlarini yaxshilash, markaziy issiqlik tizimini yopiq tizimga o‘tkazish orqali modernizatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring