Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng ko‘p talon-torojlik qayd etilgan sohalar ma’lum bo‘ldi

Eng ko‘p talon-torojlik qayd etilgan sohalar ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda 2021 yilning olti oyi ichida davlat amaldorlari tomonidan 592 mlrd so‘m talon-toroj qilingan. Bu haqidagi ma’lumot Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 6 oyi mobaynida mamlakatda 2544 nafar mansabdor shaxsga nisbatan korrupsiya holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan 1676 ta jinoyat ishlari tergov qilinib, sudlarga yuborilgan.

Aniqlangan korrupsion jinoyatlar sodir etgan mansabdor shaxslarning eng katta qismi, ya’ni 1297 nafar shaxs (51 foiz) JKning 167-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar tashkil qilgan.

Shuningdek, JKning 168-moddasi bilan 420 nafar shaxs, 210-moddasi bilan 80 nafar shaxs, 205-moddasi bilan 58 nafar shaxs, 206-moddasi bilan 4 nafar shaxs, 209-moddasi bilan 18 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

2021 yil 6 oyi davomida mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan davlat organlari va tashkilotlari kesimida o‘tkazilgan tahlil davomida aniqlanishicha, 107 ta Sog‘liqni saqlash vazirligi, 74 ta Xalq ta’limi vazirligi, 69 ta davlat ulushi bo‘lgan davlat tashkilotlari, 66 ta bank, 64 ta Maktabgacha ta’lim vazirligi, 55 ta Transport vazirligi, 32 ta Energetika vazirligi, 26 ta Suv xo‘jaligi vazirligi, 26 ta Mehnat vazirligi, 24 ta Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, 23 ta Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 15 ta Madaniyat vazirligi, 15 ta Davlat soliq qo‘mitasi, 14 ta Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, 13 ta Qishloq xo‘jalik vazirligi, 10 ta Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, 9 ta hokim o‘rinbosarlari, 9 ta Moliya vazirligi, 5 ta Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, 4 ta Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mansabdor shaxslari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Sud yakunlari bo‘yicha korrupsiyaga oid jinoyat ishlari bo‘yicha 592,5 mlrd so‘mlik moddiy zarar yetkazilganligi aniqlanib, shundan 170,8 mlrd so‘mi yoki (28 foiz) undirilib, 421,7 mlrd so‘m Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan undirilishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring