Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektrdan 243 million so‘m qarzi borligi aytilgan iste’molchi haqdor bo‘lib chiqdi

Elektrdan 243 million so‘m qarzi borligi aytilgan iste’molchi haqdor bo‘lib chiqdi

Foto:«Norma.uz»

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga Jizzax viloyatidan murojaat kelib tushdi. 

Unga ko‘ra, Jizzax shahar «Zilol» mahallasida yashovchi Sevara Abdullayeva xonadoniga o‘z-o‘zidan asossiz ravishda 243847148 so‘m qarzdorlik yozilgan. 

Federatsiyaga murojaat qilgan Sevara Abdullayeva uning nomiga yozilgan bu qarzdorlik umuman yolg‘on ekanligini, xolatga aniqlik kiritishni so‘ragan.

Mutasaddilar barcha hujjatlarni o‘rganib, qayta hisob-kitob qilar ekan, ushbu qarzdorlik noreal deb topildi. Eng qizig‘i, S. Abdullayeva elektr energiyasi uchun oldindan 214947 so‘m ortig‘i bilan to‘lov qilgan ekan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring