Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekoqo‘mita tanqidchi jurnalistlarni yo‘qladi

Ekoqo‘mita tanqidchi jurnalistlarni yo‘qladi

Foto: Xabar.uz

Ertaga, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Soha vakillarida yil-o‘n ikki oy tinim yo‘q, biroq ayni shu sana jurnalistlar bir eslanadi, rosti. Bu yilgi kasb bayrami dam olish kuniga to‘g‘ri keldi, shundanmi tabrik va qutlovlar bugundan boshlanib ketdi. Albatta, pandemiya sabab maxsus tadbirlar uyushtirilayotgani yo‘q, biroq ko‘rsatilayotgan e’tibor avvalgilardan kam emas.

Davlat ekologiya qo‘mitasi an’anani buzgisi (karantin qoidalariga qattiq rioya qilgan holda) kelmadi: ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda faol ishtirok etgan bir guruh jurnalistlarni chorlab, kasb bayrami bilan qutladi.

Qo‘mita matbuot xizmati rahbari Bunyod Abdullayevga ko‘ra, soha oldinda katta rejalar bor, peshonani peshonaga qo‘yib ishlaydigan davr endi boshlanadi...

E’tiborlisi, qo‘mita yo‘qloviga munosib ko‘rilganlarning aksariyati atrof-muhit muhofazasiga oid muammolar xususida ayamay tanqid yozadigan jurnalistlar edi....

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring