Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekologik partiya Toshkentda reyd o‘tkazdi

Ekologik partiya Toshkentda reyd o‘tkazdi

Joriy yilning 16 sentyabr kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida jamoatchilik nazorati tartibida ekologik reyd o‘tkazildi.

Mazkur ekologik reyd yuqorida ko‘rsatilgan manzilda daraxtlarni kesilganligi haqida aholi tomonidan kelib tushgan murojaat o‘rganishni va daraxtlarni o‘rganishga qaratildi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi hodimlari muammoni o‘rganilganida mazkur manzilda 1 dona chinor daraxtini tagidan kesilganligi aniqlandi.

Mazkur daraxt kesilishi holati qonuniyligi O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan berilgan 2019 yil 16 avgustdagi 5321-sonli dalolatnoma hamda 2019 yil 20 avgustdagi 1576-sonli xulosasiga asosan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani xokimligi tomonidan 2019 yil 13 sentyabrdagi 37-sonli ruxsatnoma asosida 1 dona “safora”, 2 dona “chinor” daraxtlari quriganligi sababli fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini zarar yetkazishi mumkinligi sababli berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43-sonli qaroriga asosan daraxtlar va butalarni sanitariya maqsadida kesish ular tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan, shoxlari betartib o‘sishi natijasida qo‘shilib ketgan yoki singan, shuningdek, avariya holatida bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi.

Ekologik reyd natidasida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni noqonuniy kesilishini oldini olish maqsadida quyidagilar taklif etiladi.

1. Hukumat tomonidan zudlik bilan daraxtlar kesilishiga moratoriy qo‘yish qarorini qabul qilish.

2. Har qanday daraxtlarni kesilishidan avval ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan oldindan mazkur masalalar yuzasidan aholi xabardorligini ta’minlash.

3. Daraxtlarni noqonuniy kesish oqibatida yetkazilgan zararning miqdoridan qat’iy nazar qonunchilikda jinoiy javobgarlikni belgilash.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring