Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXMlar navbat kattaligi uchun «aybini yuvmoqda» (foto)

DXMlar navbat kattaligi uchun «aybini yuvmoqda» (foto)

Foto: Sergeli tuman DXAdagi bugungi manzaralar

Davlat xizmatlari markazida (DXM) navbat kattaligi bor gap. Biroq bu  it egasini, mushuk bekasini tanimaydigan darajada ur-sur — olatasir muhit hukmron, degani emas. Chunki, tashkiliy ishlar ancha badastr: navbat avtomatik ro‘yxat bo‘yicha shakllantiriladi, ya’niki, tanish-bilish qidirishga ham, «sizdan keyin ki-im?» mazmunidagi savollarga ham o‘rin yo‘q. Kelasiz, belgilangan tartibda navbatga yozilib, chaqirishlarini kutasiz. Kutish zalidagi shart-sharoitlar noligudek emas...

Foto: Sergeli tuman DXAdagi bugungi manzaralar

Navbat kattaligidan odamlar ko‘proq vaqt yo‘qotilayotgani to‘g‘ri. Buning samarali yechimi ustida bosh qotirilayotgandur ehtimol. Masalan,  poytaxtning Sergeli tuman DXMga bir kunda 500 yaqin fuqaro murojaat qilmoqda. Ularning har biriga 1 daqiqa saflanganida ham bunga sakkiz yarim soat vaqt ketadi... Shundan kelib chiqib, xodimlarning ish hajmini tasavvur qilavering!

Shunga qaramay, «bu dargohdan hech kim norizo bo‘lib ketishi kerak emas». Xodimlar navbat kutish mashaqqatini yengillashtirish maqsadida  kutayotganlarni choy, suv va shirinliklar bilan siylashmoqda.

Foto: Sergeli tuman DXAdagi bugungi manzaralar

Faol bloger singlimizning lafzidan aytsak, xususiy korxonalarga xos bu amaliyot davlat tashkilotida qo‘llanilanmoqda.

Boshqa davlat tashkilotlariga ham namuna qilib ko‘rsatguday real harakat va manzara.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring