Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXA navbatdagi matbuot anjumanini onlayn o‘tkazdi. Unda nimalar ko‘rildi?

DXA navbatdagi matbuot anjumanini onlayn o‘tkazdi. Unda nimalar ko‘rildi?

Skrinshot

Davlat xizmatlari agentligining navbatdagi matbuot anjumani onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda karantin vaqtida davlat xizmatlari sohasining transformatsiyasi, 2020-yil o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, mavjud kamchiliklar va kutilayotgan novatsiyalar haqida Agentlik direktori o‘rinbosari N.Muxammadiyev so‘zladi.

DXA rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan iborat spikerlar anjuman ishtirokchilari savollariga javob berdi.

Joriy yil yanvar oyida davlatimiz rahbari huzurida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Prezident tomonidan Agentlikka qator topshiriqlar berildi. 2020-yil 31-yanvar kuni Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha Prezident Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmon hamda topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tgan hisobot davri davomida Agentlik tomonidan qator ishlar amalga oshirildi. Hususan, davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari turi 140 dan oshdi, ko‘rsatilgan xizmatlari soni 2,4 mln.tani tashkil qildi;

barcha davlat xizmatlarini (tadbirkorlik sub’yektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishdan tashqari) respublika bo‘yicha eksterritorial tamoyili asosida ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi;

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) bilan birgalikda davlat tashklotlarida foydalaniladigan qog‘oz qo‘rinishidagi xujjatlarni raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Rejaga kiritilgan barcha davlat tashkilotlari o‘zlarining elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish ishlari olib borilmoqda;

eng muhimi, davlat xizmatlari ko‘rsatilishida yanada qulayliklar yaratish maqsadida Elektron raqamli imzo sertifikatini onlayn olish imkoniyati yaratildi;

Bunda fuqarolar Markazlarga bormagan holda masofadan turib davlat xizmatlarini onlayn olishi mumkin.

Hozirda chet davlatlarda istiqomat qiladigan fuqarolarimizga ham onlayn Elektron raqamli imzo sertifikatini olish imkoniyatini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring