Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXA davlat xizmatlari targ‘ibotchilarini taqdirladi

DXA davlat xizmatlari targ‘ibotchilarini taqdirladi

Foto: Agentlik axborot xizmati

Davlat xizmatlari agentligi «Eng faol davlat xizmatlari targ‘ibotchi»larini taqdirladi. Ular orasida «Xabar.uz» muxbiri ham bor.

«G‘oliblarni aniqlashda kreativ yondashuv, Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini faol, tahliliy va ta’sirchan materiallar asosida yoritganlik kabi mezonlarga alohida e’tibor qaratildi», deyiladi agentlik axborot xizmati xabarida.

G‘oliblar bilan tanishing:

  • Nargiza Kamalova, «Yoshlar» radiokanali harbiy vatanparvarlik tarbiyasi dasturlari muharririyati bosh muharriri — «Ma’lumotlarni sifatli va tezkor tarzda yoritganlik uchun»;
  • Muslimjon Mirzajonov, «Human.uz» axborot sayti bosh muharriri — «Kreativ yondashuv uchun»;
  • Ulug‘bek Akbarov, «Kun.uz» sayti muxbiri — «Tahliliy materiallari uchun»;
  • Ulug‘bek Oripov, «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri — «Keng targ‘ib qilganlik uchun»;
  • Rahim Sherqulov, «Xalq so‘zi» gazetasi adabiy xodimi — «Dolzarb jihatlarni aholiga yetkazishdagi faolligi uchun»;
  • Asliddin Suyunov, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-sayt axborot tahririyati bosh muharriri — «Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini targ‘ib qilganlik uchun».
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring