Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Dilbar Muxamedxanovna G‘ulomova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda. 

Avvalroq, Abdug‘ofur Ahmedov  qo‘mitaga rais sifatida tayinlangan edi.

Shuningdek, Dilshod Muxitdinovich Eshnayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari – Diniy ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita har bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring