Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Deputat «o‘zboshimcha va qoidabuzar» to‘y kortejlarini tanqid qildi

Deputat «o‘zboshimcha va qoidabuzar» to‘y kortejlarini tanqid qildi

Foto:«Repost.uz»

«Telegram» tarmog‘idagi kanallardan birida Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashining deputati Nuriddin Zaynitdinovning «Yo‘llarda qonun ustuvorligi ta’minlanishi uchun o‘zboshimchaliklarga chek qo‘yilishi kerak!» deya nomlangan murojaati chiqdi.

«Oxirgi kunlarda o‘zboshimchalik bilan, tegishli ruxsatsiz avtomobil oynalarini 100 foiz qoraytib, stroboskop (yalt-yalt etib yonuvchi ko‘k-qizil mayoqchalar), sirena va ovoz kuchaytirgichlarni o‘rnatib olib, o‘z qoidabuzarligini shu orqali yashirishga, o‘zini hammadan ustun ekanligini ko‘rsatishga urinuvchi, o‘zini yuqori tutuvchi haydovchilarimiz ko‘payib ketmoqda.

To‘yga yuruvchi mashinalarni stroboskop va sirena yoqib kortej bo‘lib yurishi urfga kirmoqda» deydi deputat.

Nuriddin Zaynitdinov shuningdek, ayrim tashkilotlarning xodim va mansabdorlari tezkor xizmatlarga aloqador bo‘lmasalar-da, xizmat yoki shaxsiy avtomobillariga ruxsatsiz stroboskop o‘rnatib, yo‘llarda harakat vaqtida avariya xolatlarni yuzaga keltirib, stroboskop yoqib, bepisandlik bilan yondashayotgani, o‘z amalini suiste’mol qilayotgani tashvishli holat ekanligini bildirgan.

Uning fikricha, «stroboskop o‘rnatib, uni yoqib yurish faqatgina operativ mashinalarga, xizmat vaqtidagina mumkinligini ko‘pchilik unutib qo‘ygan».

Deputat o‘z o‘rnida bu holatlar IIBB YHHBBning ham nazoratidan chetda qolayotganini ham ta’kidlagan.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring