Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlatnazar Ro‘zmetovning avtohalokatga uchrashiga oid tafsilotlar ochiqlandi

Davlatnazar Ro‘zmetovning avtohalokatga uchrashiga oid tafsilotlar ochiqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 12-noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetovning yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgani yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov garchi agentlik hodisa yuzasidan bayonot bermagan bo‘lsada, bu borada surishtiruv o‘tkazganini,  holatldar aniqlangach ushbu matbuot anjumani tashkil etilganini ta’kidladi.

Ahmadjon Po‘latov avtohalokatga oid tafsilotlarni ma’lum qilmoqda. Foto: «Xabar.uz»

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ahmadjon Po‘latov jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetovning avtohalokatga uchrashiga oid tafsilotlarni ochiqladi.

Matbuot anjumanida marhum D.Ro‘zmetovning yarim kechasi YTH sodir bo‘lgan joyga qanday borib qolganiga oid ijtimoiy tarmoqlarda yangragan ayrim savollarga izoh berildi.

YTHga qadar uning Urganch shahrida kimlar bilan uchrashgani (turli ob’yektlardagi videokameralarda muhrlangan tasvirlar orqali), so‘ng kechki vaqt Qo‘shko‘pir tumaniga qaytish uchun taksiga o‘tirgani, taksi haydovchisi bilan tortishib qolib, yarim yo‘lda tushib qolgani va o‘sha yerda uni avtomashina urib ketganiga qadar bo‘lgan voqealar ekran orqali xronologik tartibda taqdim etildi.

Foto: «Xabar.uz»

Talqin etilishicha, Urganch shahrida yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan S.U. 6-noyabr kuni soat taxminan 23:30da o‘z boshqaruvida bo‘lgan «GAZ 330200» rusumli avtomashinani Urganch tumani Qoromon qishlog‘i hududidan o‘tgan «Urganch-Xiva» avtomobil yo‘lining 5 km.da ehtiyotsizligi natijasida yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda, 1971-yilda tug‘ilgan Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi Davlatnazar Ro‘zmetovni avtomashinaning old chap tomoni bilan urib yuborib, YTH sodir etgan. Piyoda D.Ro‘zmetov YTHda olgan tan jarohatlari tufayli hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Sud ekspertizasining dastlabki xulosalariga ko‘ra, D,Ro‘zmetovning o‘limiga chap o‘pka arteriyasining to‘liq uzilishi natijasida ko‘krak bo‘shlig‘iga ko‘p miqdorda qon ketishi sabab bo‘lgan. Shuningdek, chap tizza bo‘g‘imi suyagining sinishi, bosh va yuzlarda shilinmalar aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan JK 266-moddasi 2-qismi bilan fuqaro S.U.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring