Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlatnazar Ro‘zmetov vafoti yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan — Bosh prokuratura

Davlatnazar Ro‘zmetov vafoti yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan — Bosh prokuratura

Foto:«Facebook»

Jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov avtohalokat natijasida vafot  etgani xabar qilingan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov mazkur voqea yuzasidan rasmiy bayonotini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, 2019-yil 6-noyabr kuni soat 23:55 larda fuqaro S.U. o‘zi ishlab kelayotgan korxonasiga tegishli bo‘lgan «Gazel» rusumli avtomashinani «Urganch-Xiva» yo‘lining 4-kilometrida boshqarib borayotganida, yo‘lni kesib o‘tayotgan «Jamiyat» gazetasi muxbiri Davlatnazar Ro‘zmetovni urib yuborgan.

Natijasida D.Ro‘zmetov bosh qismidan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ro‘zmetov o‘zining tanqidiy chiqishlari bilan matbuot va internet OAVlarida tanilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring