Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat soliq qo‘mitasining raisi o‘zgaradi

Davlat soliq qo‘mitasining raisi o‘zgaradi

Foto: Xabar.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fraksiyalari tomonidan Sherzod Qudbiyevning nomzodi Davlat soliq qo‘mitasi raisligiga maqullandi.

Eslatib o‘tamiz, Sherzod Kudbiyev Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bunga qadar esa Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlagan.

Qonunchilikka ko‘ra, parlament tomonidan ma’qullangan hukumat a’zosi nomzodi O‘zbekiston prezidenti tomonidan tayinlanadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring