Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat soliq qo‘mitasi deputatlarning tanqidiga javob qaytardi

Davlat soliq qo‘mitasi deputatlarning tanqidiga javob qaytardi

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining Soliq qo‘mitasi raisiga nisbatan tanqidiy fikrlari yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2019-yil 6-sentyabr kuni, ya’ni 13 kun avval navbatdagi «Hukumat soati»da «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijadorligini oshirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi masala muhokama etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan islohotlar doirasida soliq ma’murchiligi sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirilib, deputatlar tomonidan yo‘llangan savollarga javob berildi.

«Agar deputatlar «Hukumat soati» davomida savollarini berishga ulgurmagan bo‘lsa, o‘z vakolatidan foydalanib, «deputatlik so‘rovi»ni yuborishi, DSQ rahbariyati bilan ularga qulay bo‘lgan vaqtda bog‘lanib, savollariga batafsil javob olishi mumkin edi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan barcha murojaatlarga to‘liq ma’lumot va axborot yo‘llanishiga alohida e’tibor qaratiladi va nazoratga olingan.

Bugungi kunda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan 312,7 mingta yuridik shaxslar va 247 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlarda har kuni turli savollar yuzaga kelishi mumkin.

Jumladan, o‘tgan 8 oyda Call-markazga kelgan 80,8 mingta, qo‘mitaga yo‘llangan 13,3 mingta murojaatlarga to‘liq javob berilgan.

Ayrim deputatlar tomonidan soliq ma’murchiligi sohasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha emas, balki aniq bir korxona va bir holat misolida savollar berilgan, o‘sha vaziyatni to‘liq o‘rganib chiqish uchun vaqt talab etiladi.

Oradan ikki hafta o‘tib, bir vaqtning o‘zida ikkita deputat tomonidan javobga norozilik mavjud bo‘lsa, nega Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilinmadi?» deyiladi DSQ matbuot xizmati xabarida.

Xulosa o‘rnida Davlat soliq qo‘mitasi har doim shaffof va ochiq muloqotga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring