Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Darvozadan chiqqan edimki, suv yetib keldi» — Sardobada bir kecha suvda qolib ketgan yigit hikoyasi

«Darvozadan chiqqan edimki, suv yetib keldi» — Sardobada bir kecha suvda qolib ketgan yigit hikoyasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Sardoba suv omborining o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan fojeada omon qolgan yigit hikoyasi e’lon qilindi.

«Jurnalistlar bilan birga suv toshqini oqibatlarini bartaraf etayotgan shijoatli insonlarning faoliyatini kuzatar ekanmiz, ularga yordam berib yurgan yigitni bir kecha suvda qolganini eshitdik.

Ajablanib undan so‘radik.

— Nega siz qolib ketdingiz ogohlantirishmadimi?

— Ogohlantirishdi, — dedi u hijolat bo‘lib. — meni o‘zimdan o‘tdi, havfni jiddiyligini o‘ylamabman. Uydagilarni jo‘natib, so‘ng o‘zim og‘ilga o‘tib, mollarni yechdim, qo‘ylarni qo‘tonidan chiqardim. Uylarni eshigini yopib berkitib dorvozadan shundoq chiqqan edim hamki, suv yetib keldi.

— Keyin nima tadbir ko‘rdingiz?

— Qayga ham borardim, uyimga qochib kirdim. Xovliga suv to‘lib uygacha kirdi. Men tomga chiqib oldim. Tomda o‘tiribman, suv juda tez ko‘tarilishdan to‘xtamadi. Uy cho‘ka boshladi, men suzib xavfsiz yerga yetib olishni o‘ylab suvga sakradim. Ancha suzib charchadim,sovuq qotdim. Ana endi tamom, deb o‘yladim. Umidimni uzgandim.Xayolimdan nimalar o‘tmadi deysiz. Alloxning karomatini qarang, bir katta taxta suvda qalqib turganiga ko‘zim tushdi. Qaysidir imoratning eshigi shekilli, shoshib unga chiqib oldim. Kuchim qolmagandi. Oqim bo‘ylab oqib ketaverdim. Bir zamon bir do‘nglikka borib urildik, do‘ng tomon talpinib chiqib oldim, tuni bilan o‘sha yerda o‘tirdim.

Allohga ming bor shukr, Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus qutqaruv guruhi motorli qayiqda kelib qutqarib oldi. Ularga ming bor raxmat. Yurtimizda shunday oliyjanob, fidoyi xizmat turi borligiga shukrlar qilaman. Davlat bitta odami bo‘lsa ham qidirar ekan.

Yomon kunlar o‘tdi, saboqlar olindi. Endi shukronalik bilan yangicha yashamoqchiman. Farzandlarimni faqat yaxshiliklar qilib yashashga o‘rgatishni niyat qildim. Allomalarimizning «Yaxshilikni har kim, har kuni qilishi kerak», degan so‘zlarida jon bor ekan. Men bu so‘zning mohiyatini xis qildim».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring