Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti

Dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometerologiya xizmati dam olish kunlari kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, harorat 35-40 daraja bo‘ladi.

Faqat O‘zbekistonning shimoliy hududlariga Orol dengizi hududi ustidagi balandlikdagi siklon bilan bog‘liq nam va salqin havo oqimi kirishda davom etadi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shimoliy tumanlarda harorat foni 28-33 daraja atrofida bo‘ladi.

Ertaga respublikamiz hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat shimoliy tumanlarda, shuningdek, tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ko‘pchilik viloyatlarda harorat biroz pasayadi va kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli lokal (mahalliy) yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli saqlanib turadi. Mamlakatimizning tekislik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja atrofida saqlanib turadi, bu oyning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlarga yaqindir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring