Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari ob-havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari ob-havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston hududida hukmronlik qilib turgan sovuq ob-havo biroz ortga chekinadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berib o‘tdi.

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi ustida bir necha kun davomida hukmronlik qilgan sovuq antitsiklon chekinishni boshlaydi, bu kechki sovuqlarning biroz pasayishi va kunduzgi haroratning ozgina ko‘tarilishiga olib keladi. Dam olish kunlari kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, kechasi harorat 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Bu shu davr uchun xos bo‘lgan o‘rtacha qiymatlarga yaqin. Yakshanbada Qozoqiston hududi bo‘ylab navbatdagi sovuq havo oqimi o‘tadi. Respublikamiz ana shu sovuq oqim chegarasida bo‘ladi. Shu sababli bulutlar ko‘payib, harorat 2-3 darajaga bir oz pasayadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring