Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish kunlari kutiladigan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Dam olish kunlari kutiladigan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zgidromet» dam olish kunlari (28-29-mart) kunlari yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti haqida ma’lumot berdi. 

Kecha kechqurun respublika hududining janubi-g‘arbiy qismiga Tyrkmaniston hududidan bulutli nam massivlar kira boshladi. Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechasi va bugun ertalab ayrim joylarga yomg‘ir yog‘di. Boshqa joylarda yog‘ingarchilik kuzatilmadi.

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida avvalgidek quruq havo saqlanib turadi, faqat Samarqand va Jizzax viloyatlarida ayrim joylargap yana yomg‘ir yog‘adi.

Harorat 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bu me’yoriy ko‘rsatkichlardan bir oz yuqoridir.

28-29-mart kunlari va kelayotgan hafta boshida mamlakatimizda ob-havoning quruq va asosan ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati asta ko‘tarilib, dushanba kuniga 22-25 darajani, janubda 27 daraja issiqni tashkil qiladi, bunday harorat yilning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlardan 6-9 darajaga yuqoridir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring