Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chustda davlat xizmatlari markazining yangi binosi ishga tushdi (foto)

Chustda davlat xizmatlari markazining yangi binosi ishga tushdi (foto)

DXA Namangan boshqarmasi matbuot xizmati

Chust tuman davlat xizmatlari markazi yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda DXAning Namangan boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Markaz aslida Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, koronavirus  sabab ochilish tadbiri kechiktirilgandi.

DXA Namangan boshqarmasi matbuot xizmati

Eski binoning holati fuqarolarga noqulayliklar tug‘dirayotgani sabab karantin davrida tez va sifatli xizmat olishlariga ko‘maklashish maqsadida yangi binoga ko‘chib o‘tildi va aholiga sanitariya gigiyena talablariga qat’iy rioya qilgan holda xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Chust tumanining qoq markazida joylashgan markazda aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun barcha qulayliklar mavjud. Mazkur binoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi, investorlarga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus joy hozirlangan.

DXA Namangan boshqarmasi matbuot xizmati

Shuningdek, fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish burchagi, kutish zali, bolalar maydonchasi, kafe, kutubxona, tibbiyot xonasi, E-auksion xonasi hamda FHDYo bo‘limi inspektori uchun xona mavjud.

DXA Namangan boshqarmasi matbuot xizmati

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring