Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylarining «Qalqon – 2019» maxsus-taktik mashg‘ulotlari boshlandi

O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylarining «Qalqon – 2019» maxsus-taktik mashg‘ulotlari boshlandi

Foto:Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Toshkent harbiy okrugidagi dala-o‘quv maydonida O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari Mudofaa idoralari hamkorligidagi «Qalqon – 2019» maxsus-taktik o‘quvlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi. 

Tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor P.Ergashev va Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi mas’ul ofitseri polkovnik J.Jantasov ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

«Qalqon – 2019» o‘quvlari davomida harbiy aviatsiya kuchlari, jangovar zirhli texnikalar qo‘llanilishi, desantlashtirish jarayonlari, kunduzgi va tungi sharoitlarda o‘q otish mashqlari kabi qator mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Xalqaro harbiy hamkorlik doirasidagi maxsus-taktik tadbirlar 14-sentyabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring