Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chilla chiqyapti. Jazirama qachon ariydi?

Chilla chiqyapti. Jazirama qachon ariydi?

Foto: «Xabar.uz»

— Iyul oyi Markaziy Osiyo yozi uchun ham juda issiq keldi. Bu yil biz, O‘zbekistonda butun meteorologik kuzatuvlar davrida barcha hududlar, xususan Toshkentda ham eng issiq iyul oyini boshdan kechirdik, deydi «O‘zgidromet» markazi bosh sinoptigi Irina Zayseva.

Esingizda bo‘lsa, 11-iyuldan boshlab o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 5-7 darajaga, ayrim joylarda esa undan ham yuqori bo‘ldi. Bu vaqtda harorat 40-43 darajani, yurtimizning shimoli, janubda va cho‘l hududlarida issiq avjiga chiqqanda 44-45 darajani tashkil qildi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining cho‘llarida esa jazirama 46-48 darajagacha yetdi.

To‘g‘ri orada harorat biroz pasaygan davrlar ham bo‘ldi. Biroq, juda qisqa muddatda o‘tib ketgani bois, deyarli sezilmadi. Shu bois bu yilgi iyulning o‘ziga xosligi yuqori haroratdagina emas, balki jazirama davrning uzoq davom etganidadir. Misol uchun, ko‘pgina viloyatlarda maksimal harorat 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan davr 10-17 kunni, janubiy va cho‘l zonalarida esa 20-25 kunni tashkil qildi. Bu o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan ancha yuqori.

Bugun 5 avgustda taqvim bo‘yicha chilla o‘z nihoyasiga yetdi, biroq yoz jaziramasi salqin kunlarga o‘z o‘rnini bo‘shatishga shoshilayotgani yo‘q. Ya’ni O‘zbekistonda juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi 40-43 darajagacha, janubiy viloyatlarning ayrim joylarida esa 44-45 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Quvontiradigan xabar esa haftaning oxirida kutilmoqda. 10-11 avgustga borib, harorat pasayadi va 33-38 darajani tashkil qilishi kutilmoqda, deydi «O‘zA»ga bergan intervyusida mutaxassis.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring