Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chet elga ketayotgan fuqarolar PSR testini qayerda topshiradi?

Chet elga ketayotgan fuqarolar PSR testini qayerda topshiradi?

Xorijda ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni PSR testidan o‘tkazish bo‘yicha tibbiyot muassasalari tanlab olindi.

Hozirgi kunda dunyoda keng tarqalgan COVID-19 infeksiyasi sababli qator xorijiy davlatlar tomonidan boshqa davlat fuqarosini kiritish uchun ushbu infeksiya yo‘qligini tasdiqlovchi sertifikat talab etilmoqda.

Shunga muvofiq, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tarzda ketayotgan fuqarolarni COVID-19 (PSR) tekshiruvidan o‘tkazishni tashkillashtirish uchun respublikaning barcha viloyatlari tibbiyot muassasalariga tanlov e’lon qilgan edi.

Tanlovga kelib tushgan takliflar komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatida «Intermed innovation» MChJ, Toshkent shahrida «Tibbiyot dunyosi» MChJ tibbiyot muassasalari tanlab olindi.

Mamlakatimizning qolgan viloyatlari tibbiyot muassasalari uchun tanlov qaytadan o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring