Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chaqalog‘ini hojatxonaga tashlab ketgan ayol haqida yangi tafsilotlar ma’lum qilindi

Chaqalog‘ini hojatxonaga tashlab ketgan ayol haqida yangi tafsilotlar ma’lum qilindi

2019-yil 2-iyul kuni  fuqaro F.T. Surxondaryo viloyati  Denov tumanida bozor hududida joylashgan ayollar hojatxonasida qiz bola chaqaloqni tug‘ib, hojatxona ichiga tashlab ketgani ma’lum bo‘lgandi. Undan keyin hojatxonaga kirgan ayol chaqaloq yig‘isini eshitib, odamlarni yordamga chaqirgan. Natijada chaqaloq qutqarib qolinib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati ushbu voqea yuzasidan yangi ma’lumotlarni ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bolasini tashlab ketgan ayol oilada 6 farzand – 2 nafar o‘g‘il, 4 nafar qiz ulg‘aymoqda. F.T.ning ma’lumoti o‘rta-maxsus, otasi ishlashga ruxsat bermaganligi uchun uyida tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Uning nomusiga amakisining o‘g‘li, 1990-yilda tug‘ilgan A.T. tekkan.

Bola tug‘ilganini onasi va o‘zidan boshqa hech kim bilmagan. Otasi va aka-ukasidan qo‘rqqanidan, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnidan uyalganidan onasi bilan kelishgan holda bolani yo‘q qilish uchun shu yo‘lni topgan. Bola  hojatxona yangi tozalanganligi va orqa tomoni bilan tushganligi sababli va o‘z vaqtida topilib, tibbiy yordam ko‘rsatilganligi uchun tirik qolgan, hozirda salomatligi yaxshi.

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring