Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda avtopatrul mashinalari kuzatuv kamerasi bilan jihozlandi

Buxoroda avtopatrul mashinalari kuzatuv kamerasi bilan jihozlandi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoro viloyat IIB Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi ma’lum qilishicha, patrul-post xizmatiga tegishli 30 ta avtopatrul mashinalari zamonaviy tipdagi old va orqa kuzatuv kameralari bilan jihozlangan.

Bildirilishicha, kuzatuv kameralari kunduzgi va tungi xizmat vaqtida ko‘cha va jamoat joylarida, jinoyat va huquqbuzarlik holatlarini aniqlashda, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, ommaviy-madaniy tadbirlar jarayonida jamoat tartibini nazorat qilishda ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, kuzatuv kameralari fuqarolar va patrul-post xizmati xodimlari o‘rtasida muammoli vaziyatlar kelib chiqishini oldini olishga, shunday holat sodir bo‘lganda vaziyatga oydinlik kiritishga mo‘ljallangan.

Videotasvirlar 30 kungacha kuzatuv kameralari xotirasida saqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring