Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoro viloyati hokimining lavozimi ko‘tarilishi aytilmoqda

Buxoro viloyati hokimining lavozimi ko‘tarilishi aytilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyevning lavozimi ko‘tarilishi mumkin.

Oliy Majlisdagi fraksiyalar majlislarida Bosh vazir tavsiyasiga asosan Buxoro viloyati hokimi vazifasida ishlab kelgan O‘ktam Barnoyevni Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Bir nechta fraksiya a’zolari Buxoro hokimi nomzodini ushbu lavozimga ma’qullash haqidagi qarorni tasdiqlaganlar.

Endi uning nomzodini Qonunchilik palatasining yalpi majlisida tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring