Buxoro hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Botir Zaripov viloyat hokimi lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda hokimning yangi o‘rinbosari ham tanishtirildi.
Jumladan, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nozimjon Xolmurodov, Buxoro viloyatining prokurori vazifasiga Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan Mahmud Istamov hamda Vobkent tumani hokimi lavozimiga Farhod Umarov tayinlangani ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter