Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan o‘g‘liga Toshkentdan uy sovg‘a qilindi

Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan o‘g‘liga Toshkentdan uy sovg‘a qilindi

Foto:«Puls24.mk»

«Sevgi iztirobi» seriali orqali tomoshabinlarga tanish turk aktyori Burak O‘zchivit o‘g‘illi bo‘ldi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq — Karan O‘zchivitga O‘zbekistonning «Bizning uylar» kompaniyasi Toshkentdan uy sovg‘a qilgan. Bu haqda turk matbuotiga asoslanib, «Rambler.ru» xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Burak O‘zchivit o‘g‘li nomidan sovg‘ani mamnunlik bilan qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida aktyor Toshkentga tashrif buyurib, bir qancha loyihalarda qatnashgandi. U «Bizning uylar» kompaniyasining reklama hamkori sanaladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring