Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Toshkent shahar hokimi tasdiqlanadi

Bugun Toshkent shahar hokimi tasdiqlanadi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Bugun, 13-yanvar kuni respublikaning barcha hududida, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hudud rahbarlari (hokimlar)ning tasdiqlanishi kutilmoqda.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, ayni daqiqalarda Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda bosh vazir Abdulla Aripov ham ishtirok etyapti.

Foto: «Xabar.uz»

Yig‘ilishda dastlab 2019 yil 22 dekabrda o‘tkazilgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari saylovi yakunlari bo‘yicha Toshkent shahar saylov komissiyasi raisining axboroti tinglandi.

Shuningdek, unda yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga 48-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodini xalq deputatlari Toshkent shahar sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritganligi bildirildi va o‘qib eshittirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring