Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etadi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 24-yanvar kuni soat 11:00 da prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etadi.

Ushbu nufuzli anjuman Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tadi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy Kengashlarga saylangan xalq noiblari, shuningdek, ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Tadbir MTRKning 4ta teleradiokanali, 5ta telekanali hamda 12ta hududiy teleradiokompaniya, shuningdek, 5ta nodavlat telekanal hamda prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, internetdagi tegishli saytlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinadi.

«Xabar.uz» muxbirlari ushbu muhim tadbirda bevosita ishtirok etishmoqda va tafsilotlar saytda yoritilib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring