Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun - davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Ushbu ramz haqida nimalarni bilasiz?

Bugun - davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Ushbu ramz haqida nimalarni bilasiz?

Foto:«Xabar.uz»

Davlat bayrog‘ining davlat ramzi sifatidagi ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi.

Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.

Davlat bayrog‘i qayerlarda doimiy ravishda ko‘tarilgan bo‘lishi kerak?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiqarorgohlarining;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;

Respublika davlatboshqaruvi organlarining;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining;

O‘zbekiston Respublikasi Hisobpalatasining;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining;

sudlarning;

prokuratura organlarining binolarida ko‘tariladi.

Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish tartibi qanday?

Davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan belgilardan O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda,

o‘quv-tarbiya jarayonida (mavzuni tushuntirish, bolalarga kerakli tushunchalarni hosil va shu kabilar), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin.

Davlat bayrog‘i elementlari va belgilaridan qay hollarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi?

Davlat bayrog‘i elementlari va belgilarini

nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritish;

ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas.

Davlat bayrog‘ini o‘rnatish qay tartibda amalga oshiriladi?

Davlat bayrog‘i:

binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul bo‘lgan boshqa joyda;

tegishli tutqichi bo‘lgan dastada;

flagshtokda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko‘pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda o‘rnatiladi.

O‘rnatilgan Davlat bayrog‘ining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bo‘lishi kerak.

Davlat bayrog‘ini hurmat qilishda fuqarolarning majburiyati nimadan iborat?

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.

Sevara O‘rinboyeva
Adliya vazirligi mas’ul xodimi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring