Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun AKT vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi

Bugun AKT vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi

Bugun soat 15:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Unda «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinadi.

Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish kabi muhim masalalar yuzasidan ma’lumot taqdim etiladi.

Tadbirda «O‘zbekiston pochtasi», Beeline, Ucell, UMS, «O‘zbektelekom» AJ, Matbuot tarqatuvchi, Inxa universiteti, TATU va bir qator soha muassasalaridan ham vakillar ishtirok etishadi.

Barcha OAV vakillari taklif etiladi va oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi!

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: 97 754 71 11 (telegram), 71 244 24 09

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring