Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Abdulla Qodiriy otilgan kun

Bugun Abdulla Qodiriy otilgan kun

Foto: Google.com

Bundan 81 yil muqaddam, xuddi shu sanada o‘zbekning oldi ziyolilari mustabid tuzum qurbonlariga aylangan edi.

Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Po‘lat Soliyev, G‘ozi Olim Yunusov, Abdulhay Tojiyev, Akbar Islomov, Anqaboy Xudoybaxtov, Sanjar Siddiq, Qurbon Beregin, A’zam Ayyub, Otajon Hoshimov — bugun siz va biz tahsil olayotgan adabiy til shakllanishida bu insonlarning o‘rni katta bo‘lgan. Ularning barchasi bir kunda — 1938 yilning 4 oktyabrida otib tashlangan.

Nima uchundir o‘zbek ziyolilari o‘sha vaqtda nohaq qurbon bo‘lgan, tuhmatga uchragan, degan qarashlar hozirga qadar mavjud. Yo‘q, ular tuhmatga uchramagan. Aksincha, O‘zbekistonni hur va ozod ko‘rish istagida bo‘lganlari uchun ham otilgan. Sovetlar o‘zlariga xizmat qilgan odamlarni yaxshi qadrlashgan. Faqat aksilfikr yuritganlarni yo‘q qilishgan.

Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Po‘lat Soliyev, G‘ozi Olim Yunusov, Abdulhay Tojiyev, Akbar Islomov, Anqaboy Xudoybaxtov, Sanjar Siddiq, Qurbon Beregin, A’zam Ayyub, Otajon Hoshimov — bu insonlar qachondir O‘zbekistonni ozod ko‘rishni orzu qilgan. Hozir biz shu orzular amalga oshgan davrda yashamoqdamiz.

Mustaqillikning qadriga yetaylik. Zero u o‘z-o‘zidan kelib qolgani yo‘q. Uning uchun Chor Rossiyasi davrida ham, qizil ittifoq vaqtida ham qanchadan-qancha bobolarimiz qoni to‘kilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring