Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu yil paxta mavsumida terimchilarga qanchadan to‘lanishi mumkin?

Bu yil paxta mavsumida terimchilarga qanchadan to‘lanishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining «2019-yil hosili paxta xom ashyosini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama uchun «Regulation.gov.uz» portaliga joylashtirildi. 

«O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati, «O‘zagroservis» aksiyadorlik jamiyati, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2019-yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xom ashyosini terib olishda:

- paxta xom ashyosining mashinada terilgan 1 tonnasi uchun 500 000 so‘m xizmat haqi to‘lash;

- paxta xom ashyosining qo‘lda terilgan 1 kilogrammi uchun birinchi terimda o‘rta tolali paxta navlari uchun – 800 so‘mdan, uzun tolali paxta navlari uchun – 1000 so‘mdan, ikkinchi terimda o‘rta tolali paxta navlari uchun – 1000 so‘mdan, uzun tolali paxta navlari uchun – 1400 so‘mdan mehnat haqi to‘lash;

- paxta yig‘im-terimi mavsumida terim otryadi rahbarlari hamda Sirdaryo viloyatida tashkil etilayotgan dala markazlarining rahbarlari (menedjerlari)ga istisno tariqasida fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnat haqi to‘lash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin» deyiladi loyiha matnida.

Shuningdek, Moliya vazirligi joriy yilning 15-sentyabriga qadar eksperiment tariqasida, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan paxta terish ishlariga jalb qilinadigan paxta terish mashinalari xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlarning 30 foizini qoplab berish mexanizimini joriy etishi belgilangan. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring