Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliq va Parkentda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari «Malibu» va «Tracker» minishadi

Bo‘stonliq va Parkentda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari «Malibu» va «Tracker» minishadi

Foto: «Uza.uz»

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq va Parkent tumanlari IIB YHXBlarning aynan tog‘li hududlarga xizmat ko‘rsatuvchi otryadiga uch dona «Malibu» va yettita «Tracker» avtomobillari ajratildi. Avtomobillar kerakli uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan, maxsus belgilar chizilgan, to‘laqonli patrul avtomobillariga aylantirilgan. Ularga tajribali YPX xodimlari biriktirilgan.

«Endi bu avtomobillar viloyatning tog‘li hududlaridagi sayyohlik maskanlariga kelayotgan minglab sayyohlar va transport vositalari xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda. Aytishlaricha, bunday qimmatbaho mashinalar tog‘li hududlarga kelayotganlarning yo‘nalishlarini aniqlashtiradi (delegatsiyalarga yo‘lboshchilik qiladi, desa ham bo‘ladi).

«Daryo — LIVE» tomonidan tahmin qilinishicha, ehtimol bu «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurortining tantanali ochilishiga tayyorgarlik bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring