Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir qabulxonalarining hududiy bo‘linmalariga rahbarlar tayinlandi

Bosh vazir qabulxonalarining hududiy bo‘linmalariga rahbarlar tayinlandi

Foto:«Xabar.uz»

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni qabul qilinib, unga ko‘ra, bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etilgandi.  

«Huquqiy axborot» kanalining ma’lumot berishicha, hukumat farmoyishiga asosan quyidagilar bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarining hududiy bo‘linmalari mudiri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi:

 Aytmuratov Rinat Baxitovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Arabboyev Asrorbek Turg‘unovich – Andijon viloyati;

 Rahmatov Rahmatullo Jumayevich – Buxoro viloyati;

 G‘ozibekov Abduboqi Qirqyigitovich – Jizzax viloyati;

 Eshnazarov Murodulla Norqobilovich – Qashqadaryo viloyati;

 Shakarov Dilshod Esanovich – Navoiy viloyati;

 Madrahimov Farhod Zokirjonovich – Namangan viloyati;

 Turobov Akmal Shodiyevich – Samarqand viloyati;

Rasulov Umidjon Mamatqulovich – Sirdaryo viloyati;

 Rahmonov Abdimo‘min Qodirovich – Surxondaryo viloyati;

 Abilov Qahramon Qobiljonovich – Toshkent viloyati;

 Turg‘unov Ibrohim Qayumovich – Farg‘ona viloyati;

 Navro‘zov Anvarbek Qurolbayevich – Xorazm viloyati;

 Yaminov Otabek Sobitovich –Toshkent shahri.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring