Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuror o‘rinbosari: «Korrupsioner qaysi lavozimda bo‘lsayam jazosini oladi»

Bosh prokuror o‘rinbosari: «Korrupsioner qaysi lavozimda bo‘lsayam jazosini oladi»

Foto:«Xabar.uz»

Bugun Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019-yil ikkinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti tinglandi.

Tadbirning ushbu qismida senator Ulug‘bek Sotiboldiyev O‘zbekistonning korrupsiya reytingidagi o‘rni qoniqarsiz ekaniga e’tibor qaratdi va Bosh prokuraturadan izoh so‘radi, deya xabar bermoqda «Xabar.uz» muxbiri.

Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston korrupsiya reytingi bo‘yicha «Transparency International» tashkiloti ro‘yxatida 158-o‘rinni egallagan va bu yaxshi holat emas. Bu tashqi imidjga ham salbiy ta’sir etadi.

«Ammo O‘zbekistonda korrupsiya bilan bog‘liq vaziyatni faqat ushbu tashkilot reytingi bilan baholab bo‘lmaydi. Prezident tashabbusi bilan bu muammoni yengishda katta ishlar qilinyapti. Bugun korrupsioner kim bo‘lishidan, qaysi lavozimda o‘tirishidan qat’i nazar jazosini oladi. Korrupsiya shunday muammoki, uni birdan yo‘q qilib, tomirini kesib tashlab bo‘lmaydi. Buning iloji yo‘q. Ammo xalqning huquqiy ongini oshirish yo‘li bilan, islohotlarga qat’iy amal qilish orqali natijaga erishish mumkin. Prokuratura endi faqat jinoyatchini ushlab jazolamaydi, balki jinoyatga olib kelgan sabablarin o‘rganib, ularga qarshi kurashadi», — dedi Bosh prokuror o‘rinbosari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring