Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura xodimlari aprel oyi maoshlarining bir qismini ham xayriya qildi

Bosh prokuratura xodimlari aprel oyi maoshlarining bir qismini ham xayriya qildi

Foto:«Xabar.uz»

COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda fuqarolarimizni ruhan qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan «O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga mablag‘lar o‘tkazish davom etmoqda.  Ayni jarayonning  muhim jihat shundaki, mehr-muruvvat, saxovat kabi xalqimizga xos xislatlar shu kunlarda yanada ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.

Mazkur aksiya doirasida Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlari o‘tgan oyda  ixtiyoriy ravishda o‘z ish haqlarining bir qismini mazkur fondga beg‘araz o‘tkazib bergan edi.

Ayni xayrli ishning davomi sifatida tizim xodimlarit aprel oyi  ham maoshlarining  bir qismini  «O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga o‘tkazdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring