Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura, Departament va MIB xodimlari maoshlarining bir qismini fondga o‘tkazib berdi

Bosh prokuratura, Departament va MIB xodimlari maoshlarining bir qismini fondga o‘tkazib berdi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi  «Koronovirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan  10 trln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Mazkur aksiya doirasida Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlari ham ixtiyoriy ravishda o‘z ish haqlarining bir qismini mazkur fondga beg‘araz o‘tkazib berdilar.

Bundan tashqari, tadbirkorlar uchun budjetga to‘lanadigan soliq va ajratmalar miqdori keskin kamaytirildi, ba’zi yig‘imlarni hisoblash va to‘lash ma’lum muddatga to‘xtatildi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun belgilangan bir qator soliqlar bo‘yicha penyalar hisoblash to‘xtatilib, soliq qarzini majburiy undirish choralari ko‘rilmaydigan bo‘ldi.

2021-yilning 1-yanvariga qadar tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini soliq auditidan o‘tkazish ham to‘xtatib qo‘yildi.

Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lash muddati uzaytirildi, ularning xayriya tashkilotlaridan oladigan daromadlari soliqdan ozod qilindi.

Koronovirus sababli karantinga joylashtirilgan ota-onalar, shuningdek ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga nafaqa to‘lash belgilandi. Bunday shaxslar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqilandi.

Infeksiyaga qarshi kurashga jalb qilingan shaxslarni ham har tomonlama rag‘batlantirishning samarali choralari belgilandi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring