Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i avval «terroristik oqimga aloqador» degan sun’iy ayblovlar bo‘lganini tan oldi

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i avval «terroristik oqimga aloqador» degan sun’iy ayblovlar bo‘lganini tan oldi

Foto:«Vesti.ru»

Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish ishlari bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi va u faoliyatini boshlagan deya xabar bermoqda Bosh prokuratura vakiliga  asoslanib Kun.uz.

Shuningdek, yuqorida tasniflangan guruhlar faoliyatiga aralashib qolgan shaxslar bilan har yo‘nalishda profilaktika ishi bir xil davom etayotgani bildirilgan.

«Oxirgi ikki yilda faoliyati taqiqlangan tashkilotlardagi ishtiroki uchun sudlanib, jazoni o‘tayotgan shaxslar soni jami 100 foizdan 30 foizga kamaydi. Bunga oqlov, afv etish yo‘llari hamda ularga qo‘yilgan sun’iy ayblovlarni olib tashlash bilan erishilmoqda. Bularni inkor etmaymiz, bu (sun’iy ayblovlar e’lon qilinishi – tahr.) ham bo‘lgan. Lekin oxirgi 1,5 yil davomida, bunaqa holatlarga yo‘l qo‘yilmayotganini shu sohani nazorat qilayotgan boshqarma boshlig‘i sifatida ta’kidlab o‘tmoqchiman.

Mahkumlarga nisbatan sun’iy ravishda intizomiy javobgarlik qo‘llangan, ularning yengillashtirilgan tizimga o‘tkazish masalasida taqiq bo‘lgan. Bu holatlarga ham to‘liq barham berildi», – deydi Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Sardor Karimov.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, jazoni o‘tayotgan 3 ming 333 nafar, jumladan, faoliyati ma’n etilgan tashkilotlarga kirib qolgan 646 nafar mahkum afv etilib, oilasi bag‘riga qaytarildi. 2018 yilda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan va ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tagan 136 nafar shaxs afv etildi. Ularning 41 nafari aynan faoliyati taqiqlangan tashkilotlar tarkibida bo‘lgandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring