Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona to‘lovlarini undirishning yangi tartibi joriy etiladi

Bojxona to‘lovlarini undirishning yangi tartibi joriy etiladi

Foto: «Xabar.uz»

«Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ–4508-son, 07.11.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan:

  • notijorat maqsadlar uchun O‘zbekistonning Davlat chegarasidan o‘tish punktlari orqali qo‘l yukida va kuzatib borilayotgan bagajida tovarlar olib kirayotgan jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, jismoniy shaxs nomiga xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali keladigan tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bojxona boji, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i o‘rniga yagona bojxona to‘lovini to‘lashni nazarda tutuvchi bojxona to‘lovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi;
  • jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun bojxona chegarasi orqali qo‘l yukida, kuzatib borilayotgan bagajida, shuningdek, pochta jo‘natmalari orqali olib kiriladigan hayvonotga mansub oziq-ovqat mahsulotlarida ishlab chiqarish o‘rovining majburiy mavjudligi to‘g‘risidagi talab o‘rnatiladi.

Shuningdek, yagona bojxona to‘lovi bojxona to‘lovlari undirilmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga olib kirishning cheklangan me’yorlaridan ortgan taqdirda, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qat’i nazar tovarlarning barcha toifalari bo‘yicha bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda, cheklangan me’yorlardan ortiq qismiga nisbatan undiriladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • tovarning bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kilogrami uchun 3 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda yagona bojxona to‘lovi stavkasi;
  • Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlar toifasiga kirmaydigan tovarlar ro‘yxati.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring