Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘cha pulini to‘lash yanada osonlashdi

Bog‘cha pulini to‘lash yanada osonlashdi

Foto:«Zarnews.uz»

Xalq banki tomonidan Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalarining to‘lovlarini qabul qilishni tezlashtirish va zamonaviylashtirish bo‘yicha QR-kodli yangi xizmat turi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi. 

Ushbu xizmat turining quyidagi afzalliklari mavjud:

- to‘lovni amalga oshirish uchun bank filialiga kelishi shart emas va to‘lovni masofadan turib amalga oshirish mumkin;
- to‘lovni amalga oshirish uchun to‘lov hujjatlarini to‘ldirish shart emas va to‘lov ma’lumotlarini noto‘g‘ri kiritib qo‘yish tavakkalchiligi bartaraf etilgan.

QR-kodlarni maktabgacha ta’lim muassalaridan yoki Xalq banki rasmiy saytidan olish mumkin.

To‘lovni amalga oshirish uchun QR-kodni «Xalq Mobile» ilovasidagi QR skanerdan o‘tkazish va istalgan bank kartasidan foydalanish mumkin. Shuningdek, to‘lovni amalga oshirib, elektron kvitansiya mobil ilovada saqlab qo‘yilsa, takroran QR kodni skanerdan o‘tkazish zarurati tug‘ilmaydi.

Tez kunlarda ushbu xizmat turini respublikaning boshqa hududlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ham joriy qilish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring