Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev jurnalist Bobomurod Abdullayevga uy sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev jurnalist Bobomurod Abdullayevga uy sovg‘a qildi

Bobomurod Abdullayev

Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalist Bobomurod Abdullayevga Toshkent shahridagi yangi turar joy majmualarining biridan barcha jihozlari va maishiy texnikalari bilan uch xonali uy sovg‘a qildi. Bu haqda jurnalist 18-oktyabr kuni «Facebook»dagi sahifasida xabar qildi.

«Shu yil 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev menga Toshkentdagi Green Park turar joy majmuasidan yangi uch xonali kvartirani ichidagi barcha jihoz va maishiy texnikasi bilan birga hadya qildilar.

Bu uyga 5-oktyabr kuni ko‘chib o‘tdik. Bugun Xorazmdan onam keldilar va Prezident hadya qilgan yangi uyni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Alhamdulillah! Prezident Shavkat Mirziyoyevga katta rahmat! Alloh u kishidan rozi bo‘lsin!» – deydi Bobomurod Abdullayev.

Bobomurod Abdullayev shu yilning 8-sentyabr kuni O‘zbekiston rasmiylarining so‘roviga binoan Bishkekda hibsga olingan edi. Jurnalist unga qo‘yilgan ayblarni rad etgandi. Keyinroq jurnalistning onasi Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, o‘g‘lini ozod qilishni so‘ragandi. 22 avgust kuni Bobomurod Abdullayev munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat bilan ozod qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Bobomurod Abdullayev 2018-yilda ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan va sud hukmi bilan ozod etilib, ahloq tuzatish ishlari tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring