Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Biometrik pasportlar xonadonlarga borib topshirildi

Biometrik pasportlar xonadonlarga borib topshirildi

Foto: IIBB axborot xizmati

Chinoz tumani IIB MvaFRB xodimlari tomonidan nogironligi bo‘lgan, imkoniyati cheklanganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra, ma’lumotlarni yig‘ish punktiga kelish imkoni bo‘lmagan 50ga yaqin fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurish orqali mobil qurilma yordamida, ularning ma’lumotlari jamlanib hujjatlashtirildi va biometrik pasportlar tayyorlandi.

Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berishicha, ushbu pasportlarni, fuqarolarni ortiqcha ovvora qilmagan holda, tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari kapitan Mahmudjon Yakubov va Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i kapitan Otabek Israilov tomonidan ularning uylariga borib topshirdilar.

Eslatib o‘tamiz, eski nusxadagi (nobiometrik) pasportlar respublika hududida 2019-yil yakunida qadar amal qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring