Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Besh tashabbus ijrosi: Yoshlarni nimalar hayratda qoldirdi (video)

Davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Yoshlarning ertangi istiqboli, ma’naviyatimiz rivoji uchun xizmat qiluvchi ezgu tashabbuslarning amaliyotga tatbiqi Toshkent shahri Uchtepa tumanida ham boshlandi.

Jumladan, 18 may kuni «Ma’naviyat karvoni» loyihasi doirasida mazkur tumanda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasidagi uchinchi tashabbus – «Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish» borasida amalga oshirilayotgan ishlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar davomida «Yoshlarda texnik bilimlar saviyasini yuksaltirish»ga bag‘ishlangan tadbir, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti hamda «O‘zbektelekom» kompaniyasi ko‘rgazmali stendlarining taqdimoti tashkil etildi.

Ayniqsa, kibersport bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, o‘yinlar tahlilidan tortib, kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqishgacha bo‘lgan jarayonlar, aqliy rivojlanishning ta’sirchan vositasi sanaluvchi robototexnika, mobil ilovalar ishlanmalari bilan shug‘ullanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar hamda sun’iy idrok (intellekt) loyiha taqdimotini yoshlar, maktab o‘quvchilari hamda tuman aholisi katta qiziqish bilan kuzatdi.

Tumanda tashkil etilgan tadbirlar doirasida ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlariga zamonaviy kompyuter jihozlari topshirildi. Shuningdek, Uchtepa tumanida Raqamli texnologiyalar markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yuqoridagi videoreportajda besh tashabbusning Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi ijrosi haqida batafsil hikoya qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring