Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Beldirsoyda ekohashar o‘tkaziladi. Eko-aksiyada hamma qatnashishi mumkin

Beldirsoyda ekohashar o‘tkaziladi. Eko-aksiyada hamma qatnashishi mumkin

O‘zbekistonda 17-18 avgust, ya’ni umumhalq hashari kunlari Beldirsoyda «HASHAR WEEK» o‘tkaziladi.

O‘zR Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tog‘da dam olish hududlarining o‘ta ifloslanganligi borasidagi murojaatlarni inobatga olib, 17 avgust kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Beldirsoy hududini chiqindilardan tozalash bo‘yicha «HASHAR WEEK» ekologik aksiyasini o‘tkazadi (mo‘ljal– «Tibet Mounts Flora» dam olish majmuasi).

Eko-aksiyada istagan odam qatnashishi mumkin. Tashkilotchilar qatnashchilarni aksiya joyigacha yetib borish uchun avtotransport, tozalash uchun qo‘lqop, chiqindi uchun qoplar bilan ta’minlab, yig‘ilgan axlatni olib chiqib ketishini tashkil etadilar. Eko-aksiyada qatnashish uchun 16 avgust soat 17:00 ga qadar quyidagi telefonlar orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur:
(+998) 71 207-07-70 (ichki. 1029 #) – Ekologiya davlat qo‘mitasining axborot xizmati;
(+998) 90 808-40-02 (Sevara Davlatova);
(+998) 97 707-35-10 (Nodir Sherqulov).

Qatnashchilardan 17 avgust (shanba) kuni 8:30 ga qadar UCELL ning bosh ofisi, Bosh pochtamt, Sanoat Qurilish Bank (SQB) bank yoniga to‘planishlari so‘raladi. Toshkent viloyatidan qatnashchilar guruhga soat 10:30 da «Tibet Mounts Flora» dam olish majmuasi oldida qo‘shilishlari mumkin.

Toshkent shahridan ketish vaqti 8.30, qaytish 16:00 da. Eko-aksiyaga qo‘shiling. Tabiatimizni toza holda saqlashga o‘z hissangizni qo‘shing. Bu ham katta savob.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring