Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BBC Travel: O‘zbek taomlari zararlimi?

BBC Travel: O‘zbek taomlari zararlimi?

Foto: «uzbekistan.travel»

BBC Travel nashri o‘zbek milliy taomlarining foydali xususiyatlari haqida maqola e’lon qilindi. 

Britaniyalik sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari o‘zbek milliy taomlari juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega degan xulosaga kelishdi.

O‘zbekiston, xususan o‘zining betakror madaniyati va milliy taomlari bilan, tarixiy Ipak yo‘lidagi yangi yo‘nalish va dunyoning turli mamlakatlaridan sayyohlar uchun eng jozibador mamlakat hisoblanadi. Yaqinda britaniyalik tadqiqotchilar o‘zbek taomlarini dunyodagi eng xavfli deb e’tirof qilishgandi.

BBC Travel o‘z materialida milliy oshxonamizning xavfliligi haqidagi afsonani inkor etadi.

«O‘zbek oshxonasi to‘yimli, boy va mazali bo‘lib, ko‘p asrlar davomida shakllangan va dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchilarga mo‘ljallangan, shuning uchun uning ko‘plab taomlari dalada ishlaydigan odamlarni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kaloriyalarga boy. Ko‘pgina o‘zbek taomlarining asosini go‘sht, xususan qo‘y va mol go‘shti tashkil etadi. Boshqa asosiy tarkibiy qismlarga un, guruch, sabzavot va sariyog‘, shuningdek zira urug‘lari, qalampir, kashnich, dolchin va dafna yaprog‘i kabi ziravorlar kiradi.

Ushbu massaliqlardan foydalangan holda, o‘zbekistonlik oshpazlar ajoyib taomlar – mazali chuchvara va sho‘rvalardan tortib, lag‘mon va kaboblarni tayyorlab kelmoqdalar.

Turli xil o‘zbek taomlari mintaqalarga qarab farqlanadi, lekin ularni «asosiy taomlar» birlashtiradi. Eng mashhurlari: somsa, lag‘mon, norin, sho‘rva, manti, palov.

2019-yilda Lancyet nashriyoti sog‘liq uchun xavfli taomlarni eng ko‘p iste’mol qiladigan mamlakatlar o‘rganilgan global tadqiqotini chop etdi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 2017-yilda o‘limning har beshinchisi yomon ovqatlanish – birinchi navbatda, juda ko‘p tuz, juda oz miqdordagi don va juda oz miqdordagi meva va sabzavotlarni iste’mol qilish pirovardida bo‘lgan, shuningdek noto‘g‘ri ovqatlanish sababli o‘lim darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakat deb O‘zbekiston tan olindi.

Ushbu tadqiqot milliy taomlari bilan faxrlanadigan ko‘plab o‘zbekistonliklarning ta’bini xira qildi, ayniqsa, O‘zbekistonning diqqatga sazovor sayyohlik maskani sifatida rivojlanayotgan bir paytda.

O‘zbek gastroenterologi Lola Abdurahimovaning ta’kidlashicha, muammo ovqatning o‘zida emas, balki noto‘g‘ri turmush tarzida. Uning so‘zlariga ko‘ra, kun bo‘yi tinimsiz ishlaydigan agrar jamiyat uchun o‘zbek oshxonasi taomlari me’yorda iste’mol qilinsa, maqsadga muvofiqdir.

Sog‘liqqa oid muammolar, uning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy turmush tarzining uchta omili bilan bog‘liq: ortiqcha ovqatlanish, kam harakatli turmush tarzi va ovqatlanishda xilma-xillikning yo‘qligi. O‘zbeklarning turmush sharoiti yaxshilanishi bilan ular kam harakat bo‘lib qolishdi va shu tariqa kamroq kaloriya sarf etishmoqda, ammo ovqatlanish tarzi o‘zgarmay qoldi. Bunga o‘zbeklarning taom tamaddi qilishi katta dasturxon atrofida uzoq soatlar davom etishi mumkin bo‘lgan o‘tirishlari ham hissa qo‘shadi.

Abdurahimovaning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy o‘zbek ratsionida hali ham meva va sabzavotlar yetarli emas. Ilgari, bu foydali ovqatlar ko‘pincha gazak sifatida iste’mol qilingan, ammo bugungi kunda ularni chet ellik tez tayyorlanadigan mahsulotlar, masalan, gamburgerlar va doner kabilarga (olovda tayyorlanadigan kabob turi) almashtirishmoqda, – deb yozadi BBC Travel.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring