Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim tibbiy ma’lumotnomalar endi DXMlar orqali beriladi

Ayrim tibbiy ma’lumotnomalar endi DXMlar orqali beriladi

Foto: «aif.ru»

«Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga ma’lumotnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (18-son, 10.01.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-apreldan boshlab fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi.

Shuningdek, 2020-yil 1-apreldan boshlab:

  • Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish amaliyoti bekor qilinadi;
  • Narkologiya va ruhiy kasalliklarga chalingan fuqarolar hisobi faqat elektron shaklda yuritiladi.

2020-yil 1-martgacha davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Qaror bilan fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring