Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Axborot sohasida nimalar o‘zgardi? Jurnalist va blogerlar bahosi (video)

Axborot sohasida nimalar o‘zgardi? Jurnalist va blogerlar bahosi (video)

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

O‘zbekistondagi eng ommabop elektron ommaviy axborot vositalari rahbarlari, jurnalistlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab kuzatuvchilarga ega blogerlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Mini-intervyularda ular ommaviy axborot vositalari faoliyati sohasidagi o‘zgarishlar va so‘z erkinligiga erishish uchun yana nima qilish kerakligi haqidagi savollarga javob qaytardilar.

“Anhor.uz” sayti bosh muharriri Lola Islomova, “Gazeta.uz” sayti rahbari Azamat Atajonov, “Daryo.uz” sayti rahbari Umid A’lamov, “Qalampir.uz” sayti rahbari Qamariddin Shayxov, “Podrobno.uz” sayti bosh muharriri Andrey Teshayev, blogerlar Nikita Makarenko, Qobil Xidirov, Muhrim A’zamxo‘jayev, Xushnudbek Xudoyberdiyev va Ali Qahhorov  O‘zMAA (Matbuot va axborot agentligi) va AOKA o‘rtasidagi asosiy farqlarni keltirar ekan, bir ovozdan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, aslida, jurnalistlar huquqlarini himoya qilish o‘rniga ularni jazolash va nazorat oqiluvchi organ bo‘lganini ta’kidlashdi. Yangi Agentlik faoliyati tufayli jurnalistlar ommaviy axborot vositalari xodimlarining manfaatlarini himoya qilishga va qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan davlat tuzilmasi paydo bo‘lganini his qildilar. Shu bilan birga, ma’lumotlar olish ancha osonlashgani va jurnalistlarning maqomi sezilarli darajada oshgani ham ayni haqiqat.

Agentlikda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanlar va brifinglar axborot olish ishini yanada soddalashtirmoqda va osonlashtirmoqda. Bu davlat organlari hamda OAV o‘rtasidagi o‘zaro muloqot va hamkorlikning paydo bo‘lishida ham juda muhim.

Shu bilan birga, Agentlik tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar ham jurnalistlar e’tiboridan chetda emas. Bloger Nikita Makarenko ta’kidlaganidek, o‘tkazilayotgan matbuot anjumanlari va brifinglar boshqa tillarga sinxron tarjima qilinishi zarur. “Agar ular ingliz tiliga ham sinxron tarjima qilinadigan bo‘lsa, unda ushbu matbuot konferensiyalarida ko‘plab akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy jurnalistlar ham ishtirok etib, mamlakatimiz haqida xolisona yozishlari mumkin”, — deya ta’kidlaydi Makarenko.

Agentlik o‘z faoliyati davomida ko‘plab ilgari kirish imkoni bo‘lgan xorijiy resurslarga qo‘yilgan to‘siqlar va cheklovlarni olib tashladi. Azamat Atajonov, Qobil Xidirov va boshqa jurnalistlar ushbu masalada o‘zlarining xolis munosabatlarini bildirdilar. Jurnalist Qamariddin Shayxovning fikriga ko‘ra, Agentlik o‘tkazayotgan matbuot anjumanlarida jurnalistlar uchun teng sharoit yaritilishiga erishildi. Axborotlar barcha uchun teng sharoitda taqdim etilmoqda.

Bloger Ali Qahhorov esa Agentlik ijtimoiy himoyaga muhtoj va ayniqsa, ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalar uchun yaratayotgan sharoit hamda loyihalarni tilga oldi. Lola Islomova esa jurnalistlar har tomonlama himoyalangan va o‘zlarini yanada ishonchli his etishlari muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi.

“Davletovuz” kanali asoschisi Qobil Xidirov sohadagi qonunchilikni takomillashtirish zarurligini qayd etgan bo‘lsa, Xushnudbek Xudoyberdiyev Agentlik bloger va jurnalistlar blogerlarning ichki qo‘rquv va senzuralarini yengib o‘tishiga yordam berishi kerakligini ta’kidladi.

Bloger Muhrim A’zamxo‘jayev esa yangi axborot resruslari hamda mavjud Internet nashrlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish kerak ekanligini, bu yo‘nalishda (balki) grandlar ajratish maqsadga muvofiq bo‘lishini qayd etdi. “Qalampir.uz” rahbari Qamariddin Shayxovning fikriga ko‘ra, jurnalistlar uchun ID karta zaruratini tilga oldi.

Jurnalist va blogerlarning AOKA faoliyati haqida fikr bildirishda davom etmoqdalar. Bu mulohazalar bilan agentlikning Telegramdagi rasmiy kanalida tanishib borish imkoniyatiga egasiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring