Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Auksion g‘olibiga yer berish uchun hokim qarori talab etilmaydi

Auksion g‘olibiga yer berish uchun hokim qarori talab etilmaydi

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish hamda arixitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali yozmoqda. 

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-oktyabrdan: 

- «YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yer uchastkalari bo‘yicha ma’lumotlarni kiritish «Davergeokadastr» organlari tomonidan mustaqil amalga oshiriladi;

- yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) u bo‘yicha xulosalar berish vakolatli tashkilotlar tomonidan faqat elektron shaklda amalga oshiriladi;

- yer uchastkasini tanlash materiallari yuzasidan belgilangan tashkilotlarning xulosasini olish talabi bekor qilinadi;

- yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi tasdiqlangan minimal qiymati asosida «Davergeokadastr» organlari tomonidan ijobiy xulosa berilgandan so‘ng 5 kun ichida aniqlanadi;

- yer uchastkasi «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionga uchastkaning boshlang‘ich narxi aniqlangandan so‘ng qo‘shimcha qaror qabul qilinmasdan joylashtiriladi;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, hokimlarning auksion g‘olibi nomiga yer uchastkasini ajratish bo‘yicha qaror qabul qilishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi;

- qurilish ob’yektlarining shaharsozlik hujjatlarini majburiy ekspertiza qilish talab etilmaydi.

Auksion g‘olibi bo‘lgan shaxsning aybi bo‘lmaganda ma’muriy tartib-taomillarga rioya qilinmaganligi uchun elektron onlayn-auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani bekor qilish yoki o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring